Futzal bo‘yicha OCh chorak finalida O‘zbekiston Iroqni yutdi

© The AFC HubFutzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasi Iroq terma jamoasini yutib nafaqat yarim finalga balkim Kolumbiyada bo‘lib o‘tadiga JChga yo‘llanma oldi.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida Iroq ustidan 3: 0 hisobida g‘alaba qozonib eng kuchli to‘rt jamoadan biriga aylandi.

Birinchi bo‘lim oxirida hisobni Dilshod Raxmatov ochdi. Ikkinchi bo‘limda Nodir Eliboyev yana bir gol bilan O‘zbekiston jamoasi yutug‘ini oshirdi. Ikkinchi bo‘lim tugashiga bir ikki qolganda, odatdagidek, Dilshod Raxmatov yana bir gol urdi.

Shunday qilib, O‘zbekiston 3:0 hisob bilan yarim finalga va Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan JChga yo‘llanma oldi.

Tailand va Avstraliya jamoallari o‘rtasida bo‘lgan paralel o‘yinlar 5:1 hisob bilan tugadi.

Qolgan yarim finalchilar Eron – Qirg‘iziston va Yaponiya – Vyetnam o‘yinlarida aniqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0