Uniqlo musulmon ayollari uchun hijob va kundalik kiyimlar koleksiyasini yaratdi

© Parker Fitzgerald for UniqloDizayner Xana Tadzima yaratgan liboslar
Dizayner Xana Tadzima yaratgan liboslar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyaning dunyoga mashhur kiyim-kechak kompaniyasi musulmon ayollari uchun Hijob va kundalik kiyimlar kolleksiyasini ishlab chiqaradi. Ushubu kiyimlar AQSh va Buyuk Britaniyada ham sotuvga chiqariladi.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Yaponiyaning Uniqlo kompaniyasi  dizayner Xana Tadzima bilan birgalikda hijob va kundalik kiyimlar kolleksiyasini ishlab chiqardi, Vogue xabari asosida.

Birinchi o‘rinda musulmon ayollari uchun mo‘ljallangan ushubu kiyimlar AQSh va Buyuk Britaniyada sotuvga chiqariladi.  

Uniqlo dunyoda o‘zining yuqori sifatli va narxi uncha balan bo‘lmagan kiyimlari bilan obro‘ qozongan. Uniqlo yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan materiallar va kiyim-kechak sohasida nou-xau yaratish bilan ham mashhur.

2016 yil bahor-yoziga mo‘ljallangan kiyimlar kolleksiyasiga Hijob, Kebayi (yengi uzun va yoqasi yopiq bluzkalar) uzun yubkalar, vodolazkalar, tekis va keng shimlar, yengi uzun va yoqasi yopiq ko‘ylaklar, tunikalar, jinsi shimlar va kurtkalar kiradi.

Kolleksiyada kamtarona qora, oq, sarg‘ish, kulrang va ko‘k ranglar qatorida yorqin sariq, pushti, yashil va havorang kiyimlar ham bor.

Ushbu kolleksiya Xanna Tadzimaning shaxsiy didiga asoslanib yaratilgan. Liboslar allaqachon Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida katta shuhrat qozondi.

© Parker Fitzgerald for UniqloIzdeliya dizaynera Xana Tadzima
Izdeliya dizaynera Xana Tadzima - Sputnik O‘zbekiston
Izdeliya dizaynera Xana Tadzima
Yangiliklar lentasi
0