TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Maktab o‘quvchilari an’analar bahonasida erta turmushga uzatilishining oldini olish maqsadida, Rossiya hukumati nikohlanish yoshini 16 yosh qilib belgilamoqchi. Jamoatchilik palatasi ushbu qarorni bir ovozdan ma’qulladi, deb xabar qildi Rossiya Jamoatchilik palatasi a’zosi Georgiy Fodorov.
"Fikrimcha, bu juda yaxshi taklif (16 yoshdan turmush qurish haqida, tahr.), va menimcha, u muhokamaga qo‘yilishi kerak, toki qarindoshlar tanlovi yoki milliy an’analar inson hayotiga, yosh qiz tanloviga o‘z ta’sirini o‘tkazmasin", — izoh berdi Fodorov.
Turmush qurish uchun minimal yosh juda to‘g‘ri tanlandi, sababi, 14 yosh turmush qurish uchun erta, 16 yoshda esa qizlar mustaqil fikrga ega bo‘ladilar, ayrimlari, hatto, maktabni tugatishga ulgurishadi, qo‘shimcha qildi u.
Rossiya parlamentidagilar ushbu taklifga turlicha munosabat bildirishdi. Rossiya dumasi Sog‘liqni muhofaza qilish qo‘mitasi rahbari Sergey Furgal ayni vaqtda boshqa, muhimroq muammolar yechimini topgan ma’qul degan fikrni bildirgan bo‘lsa, ijtimoiy qo‘mita rahbari Valeriy Razanskiy ushbu tashabbusni bemavrid, va, hatto, xavfli deb topdi. U 14 va 16 yoshdagilar layoqati ko‘pam farq qilmasligini ta’kidladi.