TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari Rossiya OTMlarida bepul o‘qish uchun e’lon qilingan konkursda qatnashishi mumkin, deb xabar berilgan Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi saytida.
"Rossiya Hukumatining 08.10.2013 yil 891-son qaroriga binoan Rossiya Oliy Ta’lim maskanlarida Rossiya davlat budjeti hisobidan o‘qish uchun nomzodlar tanlovini e’lon qiladi", — deb yozilgan vakolatxona saytida.
Rossiya OTMlarida bepul o‘qishni xoxlagan nomzodlar o‘z anketalarini rcnk@inbox.ru adresiga 17 dan 21-fevralga qadar yuborishi kerak. Konkurs tanlovi natijalari vakolatxona saytida e’lon qilinadi.