Kolumbiyada isonchilar neft quvurini portlatib yubordi

© Sputnik / Stanislav Koritnikov / Mediabankka o‘tishUstanovka predvaritelnoy podgotovki gaza v Karakumax
Ustanovka predvaritelnoy podgotovki gaza v Karakumax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Narino viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida Ecopetrol kompaniyasi quvurdan neft o‘tkazishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Kolumbiyaning Milliy Ozodlik Armiyasi (MOA) isonchilari Transandino neft quvurini portlatib yubordi. Portlash oqibatida katta yong‘in sodir buldi va neft quvuri ishi to‘xtatildi, deb xabar berdi RIA Novosti Ecopetrol kompaniyasi xabariga asosan. 

Neftchilar xabariga ko‘ra portlash Narino viloyatida sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kompaniya quvurdan neft o‘tkazishni to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Neft konidan Tinch Okeani qirg‘ig‘idagi Tumako portigacha cho‘zilgan neft quvurining uzunligi 305 kilometrni tashkil qiladi. Ushbu quvurdan kuniga 85 ming barrel neft o‘tkaziladi.

Neft quvuri portlashidan oldin MOA guruhi faollari Bokas-de-Satinga tumanidan ikki politsiyachiga hujum qilib ularni o‘ldirgan.

MOA – Kolumbiya isonchilarining kattaligi bo‘yicha Kolumbiya Revolyutsion Qurolli kuchlaridan  (KRQK) keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ikkala tashkilot ham AQShda terrorchi guruh hisoblanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0