TOShKENT, 16 fev —Sputnik. Rossiya G‘arb mamlakatlarining bo‘lg‘usi sanksiyalariga qarshi choralarni oldindan o‘ylab qo‘yishi kerak, internetning Rossiya segmentiga to‘siq qo‘yishni oldini olish kerak, dedi Rossiya Aloqa va Ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforov.
“Amerikalik hamkasabalarimiz “internet siyosatdan tashqarida” deb gapirishni yaxshgi ko‘rishiga qaramasdan, Qrim domenlari o‘chirilganda, biz birinchi marta internet-resurslar faoliyati siyosiy kuchlar tomonidan, xususan AQSh prezidenti ma’muriyati tomonidan nazorat qilinishi guvohi bo‘ldik”, — dedi Nikiforov.
Afsuski, biz, kundan kunga yangi sanksiyalar o‘ylab topayotgan, G‘arbdagi hamkasabalarimizga ko‘r-ko‘rona ishona olmaymiz. Shunday ekan, biz, Internetning Rossiya segmenti faoliyatini cheklanishiga qarshi kerakli choralarni ko‘rib qo‘yishimiz kerak. G‘arbdagi hamkasabalarimiz fantaziyasi qanchalik kuchli bo‘lmasin, marshrutlar haqidagi axborotini cheklashmi, traffikni cheklashmi yoki yana boshqa biror narsani cheklashmi — bu Runet faoliyatini to‘xtashga olib kelmasligi kerak.