TOShKENT, 16 fev – Sputnik, Mixail Alayeddin. Bir guruh jangarilar qurol-aslahalar zahiralari bilan Turkiya tomonidan Suriyaning Tel-Rifaat shahriga kirishga urinib ko‘rishdi, RIA Novosti Qurd o‘z-o‘zini himoya qilish kuchlari vakili xabariga asosan.
“Tel-Rifaatga Turkiya hududidan 300ga yaqin jangari va qurol-aslaha yordamga yuborildi. Turkiya tomonidan kelatgan kolonnaga Aazaz – Tel-Rifaat yo‘l bo‘lagida aviatsiya zarbasi berildi. Zarba natijasida “yordam”ning katta qismi yo‘q qilindi. Tirik qolga ozchilik shaharga yetib oldi”, — dedi Qurd kuchlari vakili axborot agentligiga.
Biroz oldin Qurd kuchlari Minnex shahri va aviabazasini jangarilardan ozod qilgan edi. Minnex shahri bu o‘ta muhim nuqta bo‘lib, jangarilarni Turkiya ta’minotdan uzib qo‘ydi. Shundan keyin Qurd va hukumat kuchlari Turkiya chegarasidan 20 km masofada joylashgan Tel-Rifaat shahriga hujum boshladi. Hozirgi vaqtda Tel-Rifaatning 2km janubida Suriya armiyasi va terrorchilar orasida shiddatli janglar bo‘lmoqda.
Turkiya armiyasi oxirgi kunlarda bir necha o‘n martalab Aleppo, Minnex va Afrindagi Qurdlar pozitsiyasini va qishloqlarini o‘qqa tutdi. Suriya armiyasi harbiylari fikriga ko‘ra, shunday yo‘l bilan Turkiya harbiy kuchlari terrorchilarni himoya qilmoqda. Qurd kuchlari va Suriya harbiylari Turkiya hududidan Bab-al-Xava nazorat punkti orqali pulemt o‘rnatilgan avtomobillar va jangarilar o‘tayotganini kuzatishmoqda.