Argentinalik hakam qizil kartochka ko‘rsatganligi tufayli peshanasidan o‘q yedi

Obuna bo‘lish
Boshi, ko‘kragi va bo‘ynidan o‘q yegan 48 yashar hakam - Sezar Flores, maydonning o‘zida jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumdi.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Maydondan chiqarib yuborilgan argentinalik futbolchi to‘pponcha yordamida avval hakamni, so‘ng raqib jamoa o‘yinchisini otdi, xabar qiladi R-Sport Mirror nashri asosida.

Hodisa Kordova shahrida yuz berdi. 25 yashar futbolchi o‘ziga ko‘rsatilgan qizil kartochkadan so‘ng, maydonni tark etib, oradan bir necha daqiqa o‘tgach qaytib kelgan va  to‘pponchadan o‘t ochgan. Uchrashuv bosh hakami Sezar Flores boshi, ko‘kragi va bo‘ynidan olgan jarohatlar tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Raqib jamoa o‘yinchisi Valter Sarate ham jarohat olganligi ta’kidlanmoqda. Ammo shifokorlar uning jonini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan. Sarate hozirda kasalxonada.

"Fojia o‘yin vaqtida yuz berdi. Hakam qanday holatdalagini bilmayman-u, lekin o‘yinchi juda ham achchiqlangan edi. U maydondan chiqib ketgach, to‘pponcha bilan qaytib kelib, hakamni otib tashladi", — deb xabar qiladi politsiya vakili.

Jinoyat sodir etgan futbolchi voqea joyidan qochib ketganligi ta’kidlanmoqda. Ayni vaqtda unga qarshi qidiruv e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0