TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Eron Rossiyadan qiymati 8 mlrd $ bo‘lgan harbiy texnika va qurol yarog‘ sotib olmoqchi, RIA Novosti "Kommersant" xabari asosida.
Nashr xabariga ko‘ra, Eron Mudofaa vaziri Xusayn Dehganning Moskvaga safari ushbu bitim bo‘yicha asosiy qarorlar qabul qilinishini tezlashtiradi.
Tehron o‘zi sotib olishni istagan qurol yarog‘ va harbiy texnika ro‘yxatini allaqachon Moskvaga bergan. Hozir u Rossiya Mudofaa vazirligi va Kreml tomonidan o‘rganilmoqda. Yangi qurollar sotib olishan tashqari Eron o‘zining Mig-29, Su-24MK va suv osti kemalari remonti va ehtiyot qismlari ham sotib olish niyati bor. Undan tashqari tashrif davomida, yangi Su-30 samolyotlari sotib olish ham ehtimoldan xoli emas.
Eron Mudofaa vaziri o‘zining ikki kunlik tashrifi davomida, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha prezident maslahatchisi Vladimir Kojin va Rossiya Mudofaa bo‘yicha bosh vazir o‘rinbsari Dmitriy Rogozin bilan uchrashishni rejalashtirilgan.Undan tashqari, Dehgan seshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabulida bo‘lishi kutilmoqda.
Biroz oldin, Rossiya Eronga S-300 ZRKlarini tez kunda yetkizib berishi haqida xabar bergan edik.