Rossiyada 200ga yaqin Ukrainga tegishli yuk mashinalari harakati to‘xtatildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBojxona postidagi yuk mashinalari
Bojxona postidagi yuk mashinalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukrainada Rossiyaga tegishli yuk mashinalari to‘xtatilganiga javoban Rossiya Transport vazirligi 200 ga yaqin Ukraina yuk avtomobillari harakatini to‘xtatdi.

TOShKENT, 16 fev – Sputnik. Ukraina 15-fevraldan boshlab o‘z hududidan o‘tayotgan Rossiya yuk avtomobillarini yo‘lini to‘sib qo‘ygan edi, Rossiya Transport vazirligi xabariga asosan.

OAVda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda, Ukraina 2016-yil 15-fevralan boshlab, Rossiyaga tegishli yuk avtomobillarining Ukraina hududidan tranzit o‘tishini ta’qiqlagan. Rossiya Transport vazirligiga bu haqda hech qanday rasmiy ogohlantirish yuborilmagan.

Rossiya yuk mashinalarini Ukraina hududida ushlab turish hali ham davom etayotgani munosobati bilan, Rostexnadzor xizmati Ukrainaga tegishli bo‘lgan yuk avtomobillarini ustidan kuchaytirilgan rejimda nazorat qilmoqda. Hozirgi vaqtda Ukrainaga tegishli bo‘lgan 197 ta yuk avtomobili harakatini to‘xtatilgan.

Ushbu javob choralari Ukraina tomoni Rossiyaga yuk avtomobillarini qo‘yib yubormaguniga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0