Anna German – bir umr O‘zbekistonga minnatdor bo‘lgan buyuk san’atkor

© Sputnik / Rybakov / Mediabankka o‘tishAnna German mashhur sovet ashulachisi
Anna German mashhur sovet ashulachisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston – tug‘ilgan vatani, Polsha – ikkinchi vatani, Rossiya – buyuk shuhrat keltirgan ijod maskani va Germaniya – ota yurti.

TOShKENT, 15 — fev, Sputnik. Anna German Sovet Ittifoqining eng mashhur ashulachilaridan biri edi. U o‘zining ajoyib ovozida ijro etgan “Nejnost”, “Svetit neznakomaya zvezda”, “A on mne nravitsya”, “Odin raz v godu svetut sadi” ko‘plab kinofilmlarga kiritilgan va millionlab kishilar ularni sevib tinglardi.

Anna Germanning onasi Irma Martens, O‘zbekistonda yashagan davrini shunday xotirlaydi:

“1936 yilning 14-fevralida bizning oilada qizaloq tug‘ildi. Unga Anna va Viktoriya deb ism qo‘ydik. Roddomda uning boshini oq qo‘molcha bilan bog‘lab yonimga yotqizib qo‘yishdi. Tug‘ruqxonadan onamga “U xuddi kichik kolxozchiga o‘xshaydi”, — deb yozganimni eslayman.

Bir necha kundan keyin Yevgeniy (Oygen German – Annaning otasi) kelib bizni o‘zining yangi uyiga olib ketdi. Uy loydan yasalgan bo‘lsa ham, katta oynalari bor edi.

Bir necha kundan keyin men maktabga ishga chiqa boshladim. Menga onam juda ko‘p yordam berardi. U Anechkaga sut emizish uchun maktabga olib kelardi. Onam kelganda o‘zbek bolalar “Opa, opa oyingiz keldi. Sizning qizingiz juda chiroyli”, deb meni chaqirishardi.

Biz Urgenchda tinch yashardik, lekin  mahalliy iqlim bizga to‘g‘ri kelmadi. Yozda u yerda juda issiq bo‘lardi, quyosh devorlarni va qumni juda qizdirardi.

1937 yilning jazirama yozi keldi. Anya kasal bo‘lib qoldi, u bor-yo‘g‘i 1,5 yoshda edi. Men u bilan Toshkentga davolanishga borishga majbur bo‘ldim. Vrachlar unga – tif deb tashhis qo‘ydi. Biz Toshkentning eski shahrida bir o‘zbekning uyida ijarada turardik. Uy egasi Anyani ko‘rgan zamonoq “Bu aniq tif, hozir sizlarga dori olib kelaman” dedi. keyin menga anor mevasini berib "po‘stini uch stakan suvga solib, to bir stakan suv qolguncha, qaynatish kerak" dedi. Shu ichimlikni ichib Anya tuzala boshladi…

U vaqtga kelib men ham Toshkenntning Chapayev nomli 42 maktabida ish topdim. Biz Toshkentda qolishga qaror qildik. Bu shahar juda shinam va toza edi. U yerda ajoyib va katta Pushkin bog‘i bor edi. Bog‘da xuddi Londonning Gayd-parkidagi kabi minbarlar turardi. Chiroyli yorqin yaxtak va bezatilgan do‘ppilar kiygan o‘zbeklar minbardan turib sevgi haqida qo‘shiq kuylashardi. Qo‘shiq aytish paytida ular yuzi oldida chinni tarelka ushlab turib, uni har tomonga qaratishar edi. Tarelkadan aks bergan ovoz — tebranib ajablanarli eshitilardi va turli tomonlardagi tomoshabinlarga yetib borardi. Ba’zan, barcha jimib qolardi… “   

O‘sha vaqtlarda xalqlar, millatlar orasida birodarlik, hamdardlik va odamiylik odatiy hol bo‘lgan. O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan Anna German bir umrga O‘zbekistonga va o‘zbeklarga minnatdor bo‘lib o‘tgan. U butun Ittifoqqa mashhur ashulachi bo‘lib ketganidan keyin Leningradda bir konserti vaqtida O‘zbek shoir Oshiq Erkin bir iloj bilan konsertiga kirishga va unga gul berishga muvaffaq bo‘ladi. Gul berish vaqtida “pani Anna, biz bu yerga Urgenchdan keldik, shu shaharni eslaysizmi?” deb so‘raydi. Anna German “Albatta, axir men u yerda tug‘ilganman”, deb Oshiq Erkinni qo‘lidan tutib to‘g‘ri sahnaning o‘rtasiga olib chiqadi va zalga qarab: “Hurmatli o‘rtoqlar, mana bu kishi bu yerga O‘zbekistonning Urgench shahridan kelgan. Men u yerda tug‘ilganman” deydi. Oshiq Erkin aytishiga qaraganda “zalda yangragan guldiros qarsaklardan hushini yo‘qotib qo‘yishiga sal qolgan”.

Ajoyib ovoz egasi va buyuk san’atkor Anna German haqida Kumush Razzoqova, Oshiq Erkin va “O‘zbekkonsert” xodimlarining bo‘lgan shaxsiy uchrashuvlari va xotiralari bilan shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin. Anna Germanning biografiyasi va tarixiy fotosuratlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0