TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Kecha, 14-fevral buyuk O‘zbek shoiri Zahiriddin Muhammad Boburning tug‘ilgan kunida, dunyoning turli mamlakatlarida yashayotgan O‘zbekistonlik yoshlar Bobur tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan mavzu — #BoburDay xeshtegini, minglab izohlar berish yordamida jahondagi eng muhakama qilinadigan mavzulari, ya’ni "trendleri", qatoriga olib chiqdi, Daryo.uz xabari asosida.
Ushbu tadbir 14 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 07:30 dan boshlab nafaqat O‘zbekistondagi, balki xorijda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik internet faollari #BoburDay heshtegi ilova qilingan ko‘plab tvitlarni yozishga kirishdi.
«Hashtags.org» sayti ma’lumotlariga ko‘ra, soat 14:00 gacha heshtegdan foydalangan holda 49 ming, keyingi bir soatda esa 72 400 ta tvit yozilgan.
#BoburDay heshtegi ishtirokida Twitter’da 300 mingga yaqin, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida esa 150 mingdan ortiq postlar qoldirilgan. Aksiya davomida ijtimoiy tarmoqlarda 5 millionga yaqin fikr, mulohaza va munosabatlar bildirilgan.
Ushbu aksiyada O‘zbekiston bilan birga dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan ishtirokchilar qatnashdi. O‘zbekistonlik talaba yoshlar tashabbusini taniqli san’atkorlar, kino va teatr aktorlari qo‘llab-quvvatlab turdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari bungacha ham bir necha bor, xususan, 2012 yili O‘zbekiston Mustaqilligining 21 yilligi arafasida #uzb21, 2013 yili Mustaqillikning 22 yilligi arafasida #uzb22, 2014 yili o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovga bag‘ishlangan #IrmatovBest, 2016 yilning 9 fevral kuni A.Navoiy tavalludiga atalgan #Navoiy575 heshteglarini jahon trendiga olib chiqqandi.