Saudiya Arabistoni: Asad “kuch bilan” bo‘lsa ham ketadi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishSaudiya Arabistoni TIV A.Al-Djubeyr
Saudiya Arabistoni TIV A.Al-Djubeyr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bashar Asad, “shubhasiz, o‘z lavozimidan ketadi, u yo iste’foga chiqadi yo kuch bilan olib tashlanadi”, dedi SAQ tashqi ishlar vaziri.

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Saudiya Arabistoni qirolligi Tashqi ishlar vaziri Adel al-Djubeyr, Suriya prezidenti o‘z lavozimidan “kuch bilan” olib tashlanishi ham  ehtimoldan xoli emas, dedi RIA Novosti xabariga asosan.

Saudiya Arabistonilik diplomat CNN telekanaliga bergan intervyusida Bashar Asad “albatta o‘z lavozimidan ketadi, u yo iste’foga chiqadi yoki kuch bilan olib tashlanadi” dedi.

“Biz Suriya inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish tarafdorimiz, lekin o‘jar Asad va uning tarafdorlari aybi bilan vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolsa, muammoni kuch bilan hal qilishdan boshqa iloj qolmaydi”, — dedi al-Jubeyr.

Uning so‘zlariga qaraganda, Er-Riyod Suriya hududiga qo‘shinlarini faqatgina AQSh boshchiligidagi koalitsiya tarkibida yuborishi mumkin. Yaqinda Turkiyaning Injirlik aviabazasiga Saudiya Arabistonining harbiy samolyotlari olib kelindi.

Yangiliklar lentasi
0