TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Xitoyning Yunan provinsiyasida joylashgan qo‘riqxonadagi yovvoyi urg‘ochi fil sayyohlar bilan to‘lib-toshgan ko‘chaga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Jonivor tegishli joyda parkovga qilingan 15 ta yengil avtomobilni yanchib tashlagan, deb xabar qiladi RIA Novosti Sinxua nashri asosida.
Mahalliy qo‘riqxonadan qochib ketgan Chjusunya laqabli urg‘ochi fil tegishli joyda parkovka qilingan sayyohlar avtomobillari yoniga yugurib kelib, 20 daqiqa davomida ularni yanchishda davom etdi, deb yozadi nashr. Avtomobillarni egasi tanimaydigan holatga keltirgach, fil yemish izlab, qo‘riqxonaga qaytgan.
Qo‘riqxonadan qochgan fil tufayli politsiya xodimlari bir nechta yo‘llarni yopishga majbur bo‘lganlar.
Xabar qilinishicha, sug‘urta kompaniyalari yanchilgan avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazib, yetkazilgan zararni qoplash haqida qaror qabul qilganlar. Qo‘riqxona xodimlarining so‘zlariga qaraganda, ma’muriyat avtomobil yo‘llariga yaqin joyda fillar uchun maxsus yo‘lak qoldirgan va jonivorlar undan chiqmagan.
Xuddi shunday voqea yaqinda Hindistonning Siliguri shahrida ham ro‘y bergan edi. U yerda yovvoyi fil shahar ko‘chalarini to‘liq vayron qilgan.