Futzal: O‘zbekiston - Qirg‘iziston, kim chorak finalda?

© Sputnik / Sergey Rusanov / Mediabankka o‘tishMini-futbol
Mini-futbol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Murabbiy Mendezning fikriga ko‘ra, chorak finalda asosiysi - dastlabki o‘yinda o‘n karra jahon chempioni Eron bilan to‘qnash kelmaslik.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Bugun futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining A gruhida O‘zbekiston — Qirg‘iziston o‘yinibo‘dib o‘tdi. o‘zinda O‘zbekiston jamoasi g‘olib chikib, guruhda birinchilikni egalladi.

Ochig‘ini aytganda, O‘zbekiston jamoasi uchun bugungi o‘yin oson kechmadi. Birinchidan, O‘zbekiston va Qirg‘iziston shunchalik ko‘p marta uchrashganki, ikkala jamoa ham bir-birini otning qashqasiday yaxshi bilib olgan. Ikkinchidan, o‘yin boshida O‘Zbekiston jamoasi juda sekin harakatlandi va noaniq zarbalar ko‘p bo‘ldi. Qirg‘iziston bo‘lsa ancha chaqqon, O‘zbekiston darvozasi tomon bir necha zarbalar bo‘ldi, ammo muvaffaqiyatsiz. Bo‘lim oxiriga kelib o‘yin tobora shiddatli tus oldi. Ikkala jamoa ham sezilarli darajada faollashdi. Bo‘lim tugashiga bir daqida qolganda Rahmatov hisobni ochdi. 1:0 O‘zbekiston oldinda.

Ikkinchi daqiqa shiddatli boshlandi. jamoalar baravariga faollashdi. Yana Rahmatov gol urdi. Hisob 2:0. Qirg‘iziston jamoasi va-bank qoidasini ishlatib darvozabonsiz lekin 5ta o‘yinchi bilan o‘ynashga qaror qildi. 40 daqiqaga kelib Qirg‘iziston gol urishga muvoffaq bo‘ldi. O‘yin 2:1 hisobida, O‘zbekiston g‘alabasi bilan tugadi.

O‘zbekiston ushbu g‘alabasi bilan chorak finalga muddatidan oldin chiqdi. Livan bilan bo‘ladigan keyingi o‘yin endi do‘stona xarakterga ega bo‘ladi. Lekin shunga qaramsasdan, jamoa murabbysi "haqiqiy professionallardek" o‘yin ko‘rsatishga va’da berdi.

Chorak finaldagi o‘yinlar, albatta, 2 guruh o‘yinlariga qaraganda murakkabroq bo‘ladi. Murabbiy Mendezning fikriga ko‘ra, chorak finalda asosiysi — dastlabki o‘yinda o‘n karra jahon chempioni Eron bilan to‘qnash kelmaslik.

Yangiliklar lentasi
0