Financial Times Pan Gi Munning Rossiya haqidagi so‘zlarini buzib chop etdi

© AP Photo / Frank Augstein Financial Times Londonda sotuvda
Financial Times Londonda sotuvda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu munosobat bilan, BMT FTga “Pan Gi Munning so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilmaslik uchun kerakli tuzatishlarni kiritish” haqida rasmiy xat yubordi.

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. BMT, Pan Gi Munning intevyusi Financial Times gazetasida buzib chop etilishi munosobati, Britaniyaning ommaviy nashridan tuzatishlar kiritishni rasman talab qildi. BMTning nashrga yo‘llagan xati nusxasi bilan RIA Novosti tanishishga muvaffaq bo‘ldi.

"Financial Times Pan Gi Munning Rossiyaning Suriya mojarosini hal qilishi haqidagi so‘zlarini butunlay buzib chop  etdi. Oqibatda BMT Bosh kotibining so‘zlari noto‘g‘ri talqil qilinishi mumkin", — dedi tashkilot vakili Stefan Dujarrik.    

Financial Timesda 5-fevral kunichop etilgan BMT Bosh sekretari Pan Gi Munning intervyusida, Jenevadagi Suriyada tinchlik muzokaralari to‘xtab qolishida Rossiyani ayblashi munosobati bilan, Rossiya TIV o‘zining keskin bayonnomasi bilan chiqqandi.  

Suhbatning boshida FT jurnalisti ham, BMT Bosh kotibi ham Rossiya haqida biror so‘z aytmagan bshlsada, maqola ““Rossiyaning barbod qiluvchi zarbalari, Jenevadagi tinchlik muzokaralari to‘xtab qolishiga olib keldi” dedi BMT bosh sekretari Pan Gi Mun”, —  degan so‘zlar bilan boshlanadi.    

Butun maqola shunga o‘xshash mutlaq noto‘g‘ri talqin qilingan yoki kontekstdan yulib olingan iboralardan tashkil topgan. Uni o‘qigan odam haqiqatdan ham BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Suriya Tinchlik muzokaralari to‘xtab qolishida Rossiya bergan zarbalar sabab, degan fikrga kelishi mumkin.

Aslida bo‘lsa, Pan Gi Mun bunday gapni aytmagan. Jenevadagi Suriya tinchlik muzokaralari to‘xtab qolishiga Saudiya Arabistoni tomonidan tanlangan muxolifat vakillarining jurnalistlar oldida namoyishkorona muzokaralarni tark etishi bo‘ldi. Biz bu haqida batafsil xabar bergan edik. Uchinchidan,  bo‘lsa, FT jurnalisti ro‘kach qilgan tinch aholi va kasalxonalarni bombardimon qilish esa AQSh samolyotlari tomonidan amalga oshirilib Rossiyaga, to‘nkalgan edi.

Shu munosobat bilan, BMT FTga “Pan Gi Munning so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilmaslik uchun kerakli tuzatishlarni kiritish” haqida rasmiy xat yubordi. FT matbuot xizmati rahbari RIA Novostiga “Biz bu borada izoh bermaymiz” dedi.  

Yangiliklar lentasi
0