TOShKEN, 12 fev — Sputnik. Rossiyada ishlash huquqini beradigan patent olish uchun kerak bo‘ladigan Tibbiy ma’lumotnomalar, 15-fevraldan boshlab faqat Saxarovoda joylashgan, Yagona migrantlar markazida beriladi. Ushbu ma’lumotnomalar berish Moskva shahar Sog‘liqni saqlash departamentiga qarashli “Moskva ilmiy-amaliy dermatologiya, venerologiya va kosmetologiya markazi” tomonidan beriladi.
Ushbu hujjatlar faqat Saxarovoda qishlog‘i yaqinida joylashgan Yagona Migrantlar markazida beriladi.
Boshqa tibbiyot tashkilotlari tomonidan 2016-yilning 15-fevralgacha berilgan tibbiy ma’lumotnomalar YaMM tomonidan qabul qilinadi. Eslatib o‘tamiz, ma’lumotnomalar amal qilish muddati uch oy.