OAV: Germaniya Iroqliklarda ertangi kunga ishonch uyg‘otish uchun 500 million yevro ajratapti

© AP Photo / Karim KadimIroq. Bag‘dod shahri.
Iroq. Bag‘dod shahri. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya tomonidan ajratiladigan 500 million yevro miqdoridagi kredit, mamlakatdagi vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartira oladigan loyihalariga yo‘naltiriladi, deb xabar qilinadi OAVlarda.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Germaniya kansleri Angela Merkel Iroq o‘zini tiklab olishi uchun Germaniya unga 500 million yevro miqdorida kredit ajratishini ma’lum qildi, Deutschlandfunk radiosi xabariga ko‘ra.
Merkel Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan Berlinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin ajratilgan pullar eng avvalo mamlakat infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilishini ta’kidladi.

Merkelning so‘zlariga qaraganda, iroqliklarda ertangi kunga ishonch uyg‘otish lozim, "toki ular xayoliga mamlakatni tark etish fikri kelmasin”.
Al-Abadiyning aytishicha, kredit Iroqdagi vaziyatni yaxshilashga mo‘ljallangan loyihalarga yo‘naltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0