TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lgan — “Asaka” banki boshqarma raisi Qahramon Oripov valyuta boyliklarini noqonuniy o‘zlashtirgani uchun hibsga olindi, deb xabar berdi juma kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi vakili.
"Oripov valyuta boyliklari hamda mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirgani uchun jinoiy ish doirasida hibsga olindi”, — ta’kidladi suhbatdosh.
Uning aytishicha, prokuratura tekshiruvi doirasida “valyuta operatsiyasi”ga bevosita aloqador ikki top-menejer ham ishdan bo‘shatilgan. “Ayni vaqtda ular guvoh sifatida tergov bermoqda”, — aniqlik kiritdi Bosh prokuratura vakili.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yilning fevral oyida Toshkent shahar jinoiy ishlar bo‘yicha Shayhontohur tuman sudi ham g‘ayriqonuniy valyuta operatsiyalarini amalga oshirgan “Ipoteka-bank” bankining bir guruh rahbarlarini hibsga olib, ularga belgilangan tartibda jazo tayinlagan edi.