TOShKENT, 12 fev – Sputnik. O‘rta Osiyoning eng issiq joylaridan birida – Qizilqum cho‘lida – qalin qor yog‘di, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Davlat Tabiatni saqlash qo‘mitasi.
“Ushbu haftada O‘zbekistonning ko‘pgini hududlarida havo minus darajisigacha sovudi. Boshqa joylarda qish faslida sovuq bo‘lishi oddiy hol bo‘lsa, Qizilqum cho‘lida bunday qalin qor yog‘ishi – kamdan kam uchraydigan hodisa”, — dedi muassasa matbuot xizmati.
Qizilqum cho‘li 300 ming kv. km. maydonni egallagab Sirdaryo va Amudaryo oralig‘ida, O‘zbekiston Qozog‘iston va Turkmaniston hududlarida joylashgan.
O‘zbekistonda ushbu haftada sovuq tushib qor yog‘di. Meterologiya markazi xabariga ko‘ra, ushbu hafta oxirigacha mamlakatning barcha viloyatlarida tunda – 5… – 8 daraja sovuq, kunduzi esa +2… +6 daraja issiq ob-havo bo‘lmoqda.