TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharraf hushdan ketganligi sababli, zudlik bilan Karachi shahridagi kasalxonalarning biriga yotqizildi, xabar qiladi RIA Novosti Dunya News telekanali sayti xabari asosida.
Telekanal bergan ma’lumotlarga qaraganda, Musharraf o‘zini yomon his qilib, hushdan ketgan vaqtida uyda bo‘lgan. Hushdan ketish sababi bosim oshishi natijasida yuz berganligi ta’kidlanmoqda.
Yetmish ikki yashar sobiq prezident hozirda tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Musharraf 2014-yilda ham yuragidagi muammolar tufayli Ravalpindi shahrida kasalxonaga yotqizilgan edi.