ID va Tolibon to‘qnashuvida 80 jangari qurbon bo‘ldi

© Commons.wikimedia / isafmediaTolibon jangarilari
Tolibon jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston janubi-sharqida harbiy tayanch nuqtasi ochmoqchi bo‘lgan “Islom davlati” “Tolibon”ning qaqshatgich zarbasiga duch keldi. To‘qnashuvida ikkala tomondan 80ga yaqin jangari qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Afg‘oniston janubi-sharqida Paktika viloyatida sodir bo‘lgan “Islom davlati” va “Tolibon” to‘qnashuvi natijasida 80ta ekstremistlar halok bo‘ldi, RIA Novosti, Khaama Press xabari asosida.

Jangarilar orasida “Islom davlati”ning uch komandiri ham o‘ldirildi. Xabar berilishiga ko‘ra, jang bo‘lgan hududda, uchuvchisiz apparat ham bo‘lgan va uning zarbasidan 18ta “Tolibon” jangarisi halok bo‘lgan.

Afg‘oniston-Pokiston chegarasida, Gumal shahri yaqinida,  to‘qnashuvlar haligacha davom etmoqda. Hudud ma’muriyati rahbari Xaista-xan Axtarzadening so‘zlariga qaraganda, to‘qnashuvlar ID va Tolibon raqobati oqibatida sodir bo‘lgan.

Oxirgi vaqtlarda Afg‘oniston hududida vaziyat keskish yomonlashmoqda. Tolibon va IDga bo‘y so‘nishdan voz kechganidan keyin ikki guruh orasida keskin raqobat paydo bo‘ldi. Undan tashqari guruhlar Afg‘oniston va Pokiston hukumatiga qarshi bir necha teraktlar amalga oshirdi.

Yangiliklar lentasi
0