Davlat Ko‘chmas Mulk inspeksiyasi xabariga ko‘ra tadbirda 700dan ziyod texnika ishlatildi, binolarning 55% butunlay, 40%dan ko‘pining tutib turuvchi devorlari buzib tashlandi.
Moskva shahar hokimiyati ushbu inshootlarni potensial xavfli va o‘zboshimchalik bilan qurilgan deb baholadi. Poytaxt meri Sergey Sobaninning so‘zlariga qaraganda ushbu binolar asosan 90-yillarda, “amaldor shaxslarning oshkora loqaydligi yoki ularning ko‘magida” qurilgan.
Moskva metropoliteni rahbari Dmitriy Pegovning so‘zlariga qaraganda, metro bekatlari yaqinida qurilgan inshootlar terrorchilik aktlari amalga oshirishda foydalanish mumkin, ular fuqarolar xavfsizligiga tahdid solmoqda.
2015 yilning dekabrida Moskva hukumati “Moskvada o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolarni buzish” haqida qonun qabul qilgan edi.