Koloradolik erkak har 12-yilda "baxtsiz hodisa" uyushtirib, o‘z xotinlarini o‘ldirgan

© remembered.comKoloradolik erkak o‘z rafiqasini cho‘qqidan itarib yubordi.
Koloradolik erkak o‘z rafiqasini cho‘qqidan itarib yubordi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Garold Xentorn o‘z rafiqasining o‘limini puxta o‘ylab chiqilgan reja asosida amalga oshirgan. Ammo ushbu jinoyat uning birinchi rafiqasi sirli o‘limiga ham oydinlik kiritdi.

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Amerikalik politsiyachilar o‘z rafiqasi o‘limida shubha ostiga olingan Garold Xentornni hibsga oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak turmush qurishganiga 12-yil to‘lgan kun rafiqasi Toni Bertoletni so‘nggi bor suratga olib, qoyadan itarib yuborgan. Hodisa Amerikaning Roki-Mauntin milliy bog‘ida ro‘y bergan.

Politsiyachilar bergan xabarga ko‘ra, birgalikdagi turmushlariga 12-yil to‘lgan kun er-xotin Denverdagi Milliy bog‘ga romantik sayohatga otlanishgan. Toni 40-metrlik qoyadan yiqilib tushgach, Garold darhol qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. U qutqaruvchilardan voqea joyiga vertolotda kelishlarini talab qilib, barcha harajatlarni o‘z zimmasiga olishini ta’kidlagan. Afsuski, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelishganlarida, ayolni qutqarishga hojat qolmagan edi.

Erkak suyukli rafiqasidan ajralib qolganligi tufayli kuyunib, ko‘z yosh to‘kib turgan vaqtda, politsiyachilar ayol qoyadan baxtsiz voqea tufayli sirg‘anib, yiqilmaganini, bu borada unga “yordam berishganini” aniqladilar. Bundan tashqari, Garoldning mashinasidan baxtsiz hodisa belgilab qo‘yilgan Milliy bog‘ xaritasi topilgan.

Ushbu hodisadan keyin politsiyachilar Garoldning birinchi rafiqasi Sandra ham 1995-yilda sirli tarzda vafot etganiga e’tibor qaratishdi. Gap shundaki, yigirma yilcha oldin Garold rafiqasi Sandra bilan bir tanishlarinikiga kechki nonushtaga yo‘l olishgan. Yo‘lda erkak mashinaning old g‘ildiragi teshilgani haqida aytadi. Garold domkrat yordamida mashinani ko‘tarib, ayoldan avtomobil tagiga yumalab ketgan boltni olib chiqishni so‘raydi. Sandra aytilgan detalni topish uchun avtomobil tagiga sho‘ng‘igan vaqtda, mashina ayol ustiga qulaydi…

Shunisi qiziqki, erkak ikkala ayol bilan ham 12-yildan yashagan.

Politsiyachilar shuningdek, 2015-yilda erkakning ikkinchi rafiqasi — Toni hayoti salkam 5 million AQSh dollariga sug‘urta qilinganligi haqidagi faktga e’tibor qaratdilar.

Ushbu hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

© remembered.comMujchina iz Kolorado ubil svoyu jenu
Mujchina iz Kolorado ubil svoyu jenu - Sputnik O‘zbekiston
Mujchina iz Kolorado ubil svoyu jenu

 

Yangiliklar lentasi
0