Boliviyada ulkan ko‘l g‘oyib bo‘ldi

© AP Photo / NASABoliviyadagi qurib qolgan ko‘l.
Boliviyadagi qurib qolgan ko‘l. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chuqurligi 3 metr bo‘lgan bu ko‘l birinchi marta g‘oyib bo‘layotgani yo‘q: uning birinchi marta to‘liq bug‘lanishi holati 1994-yilda qayd etilgan.

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Boliviyadagi kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turadigan Poopo ko‘li mavjudligiga barham berildi, xabar qiladi RIA Novosti, Yevropa Kosmik agentligi(YeKA) sputnik orqali olgan suratlar analizi natijasiga tayangan holda.

"Kundalik rejimda yer sathi monitoringi bilan shug‘ullanuvchi YeKA Proba-V mini-sputnigi Boliviyadagi kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi ko‘lning g‘oyib bo‘lganligini qayd qilishga muvaffaq bo‘ldi, Poopo ko‘li to‘liq bug‘lanib ketgani tasdiqlandi", — deyiladi agentlik xabarida.

ABI portalida ta’kidlanishicha, Poopo ko‘lining asta-sekinlik bilan bug‘lanib borganligi YeKA tomonidan 2014-yilning aprelida, 2015-yilning iyulida va 2016-yilning yanvar oylarida olingan bir qator suratlar ham tasdiqlaydi. Ilgari bu ko‘l 3 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan, va Titikaki ko‘lidan keyin kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turgan.

Chuqurligi 3 metr bo‘lgan bu ko‘l birinchi marta g‘oyib bo‘layotgani yo‘q: uning birinchi marta to‘liq bug‘lanishi holati 1994-yilda qayd etilgan. Ammo bu voqeadan ko‘p vaqt o‘tmay, ko‘l yana suvga to‘lgan.

Mutaxassislar bu safar Poopo ko‘lining o‘zini tiklash jarayoni uzoqqa cho‘zilishidan havotir olishmoqda. Ammo, bu jarayon yuz bermasligi ham mumkin, deb hisoblashmoqda ular.

Yangiliklar lentasi
0