TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi Samarqandda Samarkand-NPK o‘g‘itlar zavodini qurib bitirdi, deb xabar berdi Samarqand hokimiyati vakili.
NPK o‘g‘itlar – bu azot, forfor va kaliy moddalarini turli nisbatda birlashtirigan o‘g‘it turi.
“Samarqandximyo” AJ asosida qurilgan zavod quvvati – yiliga 240 ming tonna NPK o‘g‘it ishlab chiqaradi. Qo‘shma korxonasi Xitoyning Jiangsu Right Machinery Group Co., Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan edi.
AO “Samarqandximiya” 1954-yilda dastlab ish boshlagan. Hozirgi vaqtda zavod quvvati — yiliga 25 ming tonna ammofos ishlab chiqarish.
“O‘zkimosanoat” DAJ, murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida, 2018-yilga qadar Navoiy viloyatida qiymati 380 mln dollar bo‘lgan zavod qurishga qaror qilgan. Zavod quvvati yiliga 145 ming tonna fosforli, 150 ming tonna NPK o‘g‘itlar va 650 ming tonna oltingugurt ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Zavodni Markaziy Qizilqumda, fosforit moddalar konida joylashtirish rejalashtirilgan.