Bugun O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoasining futzal bo‘yicha uchrashuvi bo‘ladi

© Sputnik / Sergey Rusanov / Mediabankka o‘tishMini-futbol.
Mini-futbol. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Futzal assosiatsiyasi saytida futzal bo‘yicha Osiyo Chempionati o‘yinlar jadvali e’lon qilingan. Uning birinchi bosqichi Toshkentda ushbu kunlarda bo‘lib o‘tmoqda. “A” guruhda mezbon jamoa Saudiya Arabistoni, Qirg‘iziston va Livan bilan uchrashadi.

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi futzal bo‘yicha Osiyo chempionati birinchi bosqichida o‘zining birinchi o‘yinini qarshi o‘tkazadi,  Futzal assosiatsiyasi xabari asosida.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi rahbari Xose Mariya Mendez, Sputnikka bergan intervyusida, “Jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatib kelmoqda, yana bu safar o‘z uyida o‘ynamoqda, shuning uchun ushbu chempionatda O‘zbekiston turnir favoritlardan biri bo‘ladi”, — degandi.

“A” guruhidagi O‘zbekistonning boshqa raqiblari haqida, Mendez “Bizning guruhda Livanni umuman ko‘rishni xoxlamagan bo‘lar edim, lekin taqdir shunday ekan”, — degandi Mendez.

“Qirg‘iziston ham jiddiy jamoa, ularga qarshi yaxshigina ter to‘kishga to‘g‘ri keladi”, — degandi so‘zining davomida Mendez.

Muxbirning “Saudiya Arabistoni jamoasi haqida nima deysiz”, —  degan savoliga, Mendez

“Caudiya Arabistoni jamoasi bu umuman Yaqin Sharq jumbog‘i, chunki u oldin hech qachon xalqaro turnirlarda qatnashmagan, endi bo‘lsa surpriz ko‘rsatmoqchi. Ochig‘ini aytganda bu jamoa bizga notanish, lekin biz ularning kvalifikatsiyadagi uyini videosini topdik, va jamonaning taktikasi hamda imkoniyatlarini o‘rganib chiqdik. Bu jamoada tez va chaqqon yakkaxon o‘yinchilar ko‘p ekan,  lekin, Tojikiston yoki Vyetnamga o‘xshash, jiddiy taktik tayorgarlik yo‘q”, — deb javob berdi.

© Sputnik / StringerTrener sbornoy Uzbekistana po futzalu Xose Mariya Mendez
Trener sbornoy Uzbekistana po futzalu Xose Mariya Mendez - Sputnik O‘zbekiston
Trener sbornoy Uzbekistana po futzalu Xose Mariya Mendez

O‘zbekiston jamoasining  ikkinchi o‘yini 12-fevral kuni Qirg‘iiston jamoasiga qarshi o‘tkaziladi, uchinchi o‘yin esa 14-fevral kuni Livan bilan bo‘ladi. 

Turnir 21-fevral kuni nihoyasiga yetadi, g‘olib nafaqat bosh sovrin, balki jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Bu yil jahon chempionati Kolumbiyada o‘tkaziladi, unda Osiyoning eng kuchli besh jamoasi qatnashadi.

Sportning ushbu yangi turi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun infografikamizni tomosha qiling.

© Ofitsialniy sayt Federatsii futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futzalu
Sbornaya Uzbekistana po futzalu - Sputnik O‘zbekiston
Sbornaya Uzbekistana po futzalu

 

Yangiliklar lentasi
0