Bishkeklik ayol har kuni 30ta non sotib olib, kambag‘allarga tarqatmoqda

Obuna bo‘lish
Har kuni noma’lum ayol tomonidan ehson qilingan pulga yangi yopilgan non xarid qilinib, Bishkek shahridagi muhtojlarga tarqatilmoqda.

Mana uch oydirki, Bishkekdagi Gogol ko‘chasida joylashgan non savdosi pavilonlarining birida kambag‘allarga bepul non tarqatilmoqda, xabar qiladi non do‘koni sotuvchisi Klara Kojomkulova.

"Do‘konni bepul non bilan ta’minlayotgan ayol o‘z ism-sharifi sir saqlanishini xohladi, intervyu berishdan ham voz kechdi. U qashshoqlarga beminnat yaxshilik qilishni xohlashini ma’lum qildi”, — deydi sotuvchi.

Sotuvchining so‘zlariga qaraganda, ayol har oy boshida kuniga 30 dona yangi yopilgan non sotib olib tarqatishga yetgulik pul qoldiradi.

Sotuvchining aytishicha, bepul non asosan qariyalarga ulashiladi.

"Ba’zan, shu yordamga muhtojlarni o‘zimiz topamiz. Misol uchun, yaqinda bir erkak axlatxonani titkilayotganini ko‘rib qoldik. Uning kiyimlari juldur bo‘lsada, ichkilikka mukkasidan ketgan, alkash emasligi ko‘rinib turardi. Biz unga bitta non berdik, erkak behad sevindi”, — deydi sotuvchi.

Bepul nonni olayotgan kishi borki, noma’lum saxovatpesha ayolni duo qilib, unga uzoq umr tilamoqda.

Yangiliklar lentasi
0