Suriyada milliondan ziyod kishi besh yildan buyon qamalda yashayapti – kuzatuvchilar bayonoti

Obuna bo‘lish
Butun Suriya hududi bo‘ylab milliondan ziyod tinch aholi besh yildan buyon qamalda yashab kelmoqda, deyiladi suriyaliklar holatini o‘rganuvchi Siege Watch nodavlat tashkiloti bayonotida.

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Suriyaliklar ahvolini o‘rganuvchi Siege Watch nodavlat tashkiloti bayonotida shu kechayu-kunduzda Suriya hududi bo‘ylab milliondan ortiq kishi qamalda yashab kelayotgani ta’kidlanmoqda.

Qochoqlar qayiqda Misrning Lesbos oroliga suzib borishmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Yil boshidan 76 mingdan ziyod qochoqlar Yevropaga dengiz yo‘llari orqali kirib kelgan

"Siege Watch tashkiloti tomonidan e’lon qilingan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Suriyaning Damashq, Rif-Damashq, Dayr-az-Zo‘r, Xoms va Idlib singari tumanlarida milliondan ziyod kishi qamalda yashab kelyapti”, — deyiladi tashkilot saytida e’lon qilingan bayonotda.

2011 yilning mart oyida Suriyada boshlangan qurollangan mojaro hanuzga qadar davom etmoqda. Bunda hukumat askarlari turli terrorchilik uyushmalariga qarshi kurashib kelmoqda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyadagi urush natijasida 220 mingdan ziyod inson halok bo‘lgan.

2015 yilning 30-sentabridan boshlab, Rossiya davlati Suriya prezidenti Bashar Asadning rasmiy talabiga binoan “ID” va “Jabhat an-Nusra” singari terrorchilik uyushmalariga tegishli obyektlar ustidan aviazarbalarni amalga oshirib kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0