O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa

© Sputnik / Ilyasov / Mediabankka o‘tish"Alisher Navoi" sopol tovoqcha
Alisher Navoi sopol tovoqcha - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
Bedil qolib Deman Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.
Ma’rifatdan ayri o‘ynasa, kulsa,
Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Aldangani, alla bo‘lgani shudir.
Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,
Paytavaning salla bo‘lgani shudir.

El komil bo‘lmasa, yurt emas ulug‘,
Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.
Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lig‘,
Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.

O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,
Uning "Barakalla" bo‘lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman degan
Ovozi baralla bo‘lgani shudir.

Erkin Vohidov, 1971-2000.

Yangiliklar lentasi
0