O‘zbekistonda sayyohlar uchun yangi poyezd ishga tushdi

Obuna bo‘lish
Ushbu poyezd sayyohlarga O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa shaharlarini tomosha qilish imkonini beradi.

 

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. "O‘zbekiston Temir yo‘llari" bu yil ham chet el tur kompaniyalari bilan birgalikda maxsus sayyohlik poyezdlari faoliyatini tashkil qiladi, deb xabar berdi kompaniya vakili.  

Bu yirik loyiha Germaniyaning Lernidee Erlebnisreise GmbH kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Lernidee Erlebnisreise GmbH O‘zbekiston bilan maxsus poyezdlar tashkil qilish borasida 3,5 yildan beri hamkorlik qilmoqda.

“Bu yil biz Germaniyalik hamkorlar bilan, allaqachon mashhur bo‘lishga ulgurgan, Orient Silk Road Express poyezdida oltita reys tashkil qilamiz. To‘rt reys “kichik halqa” bo‘ylab tashkil qilinadi. Sayyohlar Toshkent – Samarqand – Buxoro – Xiva shaharlarini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishadi”, — dedi kompaniya vakili.

Orient Silk Road Expressning qolgan ikki reys xalqaro bo‘lib, u Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmanistonni bog‘laydi. Turistlar ushbu uch mamlakat durdonalarini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishadi.

Ushbu poyezdning asosiy mijozlari bu Yevropalik sayyohlar bo‘lib, ular Germaniyada to‘planadi, keyin charter samolyotida Toshkentga olib kelinadi. Poyezd olti vagonan iborat bo‘lib milliy uslubda atlas, ikat, ipak, bilan bezatilgan. Vagonlarda yog‘och o‘ymakorligi kabi boshqa o‘zbek amaliy san’at turlari keng ishlatilgan.

Undan tashqari, O‘zbekiston orqali bu yil birinchi marta Moskva – Tehron sayyohlik poyezdi ham o‘tadi. Uning yo‘nalishi uzunligi 9,5 ming km ni tashkil qiladi. Britaniyaning Golden Eagle kompaniyasi 2016-yilda ushbu poyezdning ikki qatnovini amalga oshirmoqchi: bahorda va kuzda.   

O‘zbekiston temir yo‘llarining “Afsona” nomli sayyohlik poyezdi ham ishsiz qolgani yo‘q. U 2013-yildan buyon turistik tashkilotlarning buyurtmalariga binoan ishlab kelmoqda. Poyezd barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 8 vagondan tashkil topgan bo‘lib, u O‘zbekiston shaharlari orasida qatnaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0