TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Yekaterinburgda qo‘lga olingan guruh, ID a’zolari bo‘lib Moskvada, Sankt-Peterburgda va Ural shaharlarida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan, deb xabaor berdi FXX matbuot xizmati.
“Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati 2016-yil 7-fevral kuni yetti kishidan ibort terrorchilar guruhini qo‘lga oldi. Ular ID a’zolari bo‘lib Moskva, Sankt-Peterburg va Sverdlov viloyatida qo‘lbola portlovchi moslama yordamida shov-shuvli teraktlar amalga oshirmoqchi bo‘lgan”, — deyilgan xabarda.
Qo‘lga olinganlar orasida Rossiya va O‘rta Osiyo mamlakatlari fuqarolari. Teraktlar amalga oshirilganidan keyin terrorchilar Suriyaga, janglarga qatnashish uchun jo‘nab ketmoqchi bo‘lgan.
Jangarilar ustidan Jinoyat kodeksining 205 – Terrorchilik akti, 222 – Noqonuniy qurol-yarog‘ saqlash, 222.1 – Noqonuniy portlovchi moddalar saqlash moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.
FSB xabariga ko‘ra jangarilar to‘dasiga Turkiyadan kelgan terrorchi boshchilik qilgan.