2016 yil Haj safariga O‘zbekistondan 5200 kishi qatnashadi

© Ali MansuriSaudiya Arabistonida Makka shahri
Saudiya Arabistonida Makka shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston respublikasi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vaziri Bandar Hajjor bilan uchrashdi.

 

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston respublikasi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vaziri Bandar Hajjor bilan uchrashdi. Uchrashuvda o‘tgan yilgi Haj mavsumi natijalari va kelasi Haj mavsumidagi o‘zaro vazifalar belgilab olindi, Din ishlari qo‘mitasi xabariga asosan.

Doktor Bandar Hajjor O‘zbekiston hojilariga safar oldidan vatanlarida Haj ibodatlari va tashkiliy masalalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tilishi, guruh rahbarlari, ishchi guruhi va tibbiyot xodimlari Haj mavsumini chiroyli o‘tishiga sabab bo‘layotganini bildirdi. Buning uchun O‘zbekiston delegatsiyasiga tashakkur izhor qildi.

Kelasi Haj mavsumiga tomonlar O‘zbekiston hojilariga ko‘rsatiladigan xizmatlarni bundanda chiroyli va namunali bo‘lishiga ko‘riladigan choralarni belgilab olishdi. 2016-yil mavsumda O‘zbekistondan 5200 kishi Haj ibodatini ado etishlariga kelishib olindi.

O‘zbekiston tomonidan uchrashuvda shuningdek, Haj va umra ishlari bo‘yicha attashe Zafar Abdullayev xamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Saudiya Arabistonidagi vakili Muxtor Xaitov ishtirok etdi.

Saudiya tomonidan uchrashuvda Haj vazirligi boshqarma boshliqlari, Tashqi va ichki ishlar vazirliklari vakillari ishtirok etishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0