Toshkentda qor yog‘ib sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Obuna bo‘lish
Sinoptiklar aytishiga qaraganda, 9-11 fevral kunlari O‘zbekistonda qor yog‘ishi va keskin sovuq tushishi kutilmoqda.

TOShKENT, 8 fev – Sputnik. O‘zbekiston gidrometeo markazi xabariga ko‘ra, 11-12 fevral kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda, havo harorati +2…+5  gradusni tashkil qiladi. 10-fevral kuni havo harorati  esa 0…– 3 gradus atrofida bo‘lishi kutilmoqda, uz24.uz xabariga asosan.  

Navoiy viloyatida 10-11 fevral kunlari tunda —5…-10  gradus sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kuni havo harorati  0…+ 3 gradus atrofida bo‘ladi.  

Mamlakatning tog‘li hududlarida 10-11 fevral kunlari qor yog‘ib, havo harorati kechasi — 8…-10  gradus sovuq, kunduzi esa —2…-7 gradus sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0