TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston ShHTda raislik lavozimida terrorchilikka, ekstremizmga va separatizmga qarshi kurashini faollashtirishga bel bog‘ladi, dedi hukumat vakili.
Uning so‘zlariga qaraganda hozirgi kunda xalqaro xavfsizliknning zamonaviy chaqiriqlariga mos javoblar topish, va shu bilan birga tashkilotning barcha a’zolar uchun iqtisodiy va gumanitar rivojlaninshini ta’minlash juda muhimdir.
“Biz bir necha bor ShHTda hamkorlik doirasida terrorchilik, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashni kuchaytirish hamda Afg‘oniston mojarosini hal qilishni taklif qilgan edik, chunki Afg‘oniston muammosi barcha ShHT davlatlari uchun muhim rol o‘ynaydi. Hozir, tashkilotni boshqarishga navbat bizga kelganda, bu borada yanada faollashmoqchimiz”, — dedi suhbatdosh.
Davlat vakili, ShHTning Ufadagi sammitida prezident Islom Karimovning nutqidan lavha keltirib “O‘zbekiston ShHTni harbiy-siyosiy alyansga aylantirishga qarshi” ekanligini va aksincha Shanxay tashkilotining regionda tinchlik va barqarorlik garantiga aylanib, o‘z nufuzini oshirish uchun, BMT bilan munosobatlarini rivojlantirish kerakligini ta’kidladi.
A’zo mamlakatlar prezidentlari ishtirokida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT 2016 sammiti – yilning asosiy voqeasiga aylanishi kerak.
O‘zbekiston oldin ham, ShHTning nafaqat regionda tinchlik va xavfsizlik garanti, balkim a’zo mamlakatlar orasida iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, mamlakatlararo transport koridorlari va infrastruktura loyihalarini rivojlantirish tashabbusi bilan chiqqan edi.