O‘zbekistonda ta’qiqlangan kompyuter o‘yinlari ro‘yxati paydo bo‘ldi

© Jean-Pierre DalbéraBolalar kompyuter o‘ynamoqda
Bolalar kompyuter o‘ynamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘yinlarni ta’qiqlash haqidagi qaror tajribali pedagoglar, psixologlar va boshqa mutaxassislar tomonidan qabul qilinadi.

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Toshkent shahar Kengashi poytaxt Hokimiyati qoshidagi Ma’naviyat markazi bilan birgalikda, ta’qiqlangan kompyuter o‘yinlari ro‘yxatini ishlab chiqdi, deb xabar berdi "Kamolot" yoshlar tashkiloti vakili.  

Shafqatsizlik, zo‘ravonlik, diniy ekstremizm va qimorbozlikni targ‘ib qiluvchi, yoki shahvoniy sahnalarga ega bo‘lgan o‘yinlar ta’qiqlangan o‘yinlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.  

“Bugungi kunda kompyuter o‘yinlari ko‘plab bolalarning hayoti va butun nervi tizimini egallab olmoqda. Jamiyatda doimiy ravishda shafqatsiz o‘yinlarning bolalarning hali yosh psixikasiga ta’siri o‘rganilmoqda. Shu sababdan ekspertlar eng yomon o‘yinlar ro‘yxatini tuzdi. Yangi o‘yinlar paydo bo‘lishi bilan ushbu ro‘yxatni to‘ldirib boriladi”, — dedi “Kamolot” yoshlar tashkiloti vakili.

Vakilning so‘zlariga qaraganda, ushbu faoliyat eng tajribali pedagoglar va psxiologlardan  maxsus tashkil qilingan komissiya tomonidan olib borilmoqda. O‘yinlarga nafaqat shafqatsizlik yoki zo‘ravonlik nuqtayi nazaridan balki ularning o‘zbek ma’naviyatiga to‘g‘ri kelish-kelmaslik, va boshqa millatlarning ruhiy to‘yg‘ulariga ta’siri, qimorbozlikni targ‘ib etish, axloqsizlik kabi jihatlariga qarab baho beriladi.    

Bugungi kunda butun jahon hamjamiyati  kompter o‘yinlarining bolalar psixikasiga ta’sirini o‘rganib chiqmoqda. O‘zbekistonda yosh avlodni ommaviy madaniyatning zararli ta’siridan himoya qilish mexanizmi ishlab chiqilgan. Xususan, bolalarni, ularning sog‘lig‘iga va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’lumotlardan himoya  qilish haqida qonun ishlab chiqilmoqda. Undan tashqari mamlakatda audiovizual  mahsulotlarni va kompyuter o‘yinlarini yoshiga qarab cheklash o‘rnatish va ushbu ma’lumotni mahsulotning markirovkasida majburiy ko‘rsatish borasida ish olib borilmoqda.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, buning natijasida ota-onalar biror o‘yinni sotib olishdan oldin, u bolaga to‘g‘ri keladimi-yo‘qmi hal qilishlari mumkin. 

“Kamolot” yoshlar harakati nodavlat, notijorat tashkilot bo‘lib, u 2001 yilda, ixtiyoriy ravishda, o‘z-o‘zini boshqarish tizimida tashkil qilingan. Hozirgi kunda, Ruspublika bo‘yicha “Kamolot”ning 14 ming birlamchi bo‘limlari bor va unga 4 mln  yoshlar a’zo bo‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0