TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Eron davlati o‘zi yetkazib bergan neft uchun AQSh dollarida hisob-kitob qilishdan voz kechdi, xabar qiladi RIA Novosti Reuters agentligi ma’lumoti asosida.
Eron shu tariqa Amerika valyutasi ta’siridan chiqishga ahd qilmoqda.
Agentlik ega ma’lumotlarga ko‘ra, bundan buyog‘iga Tehron neft eksporti uchun hisob-kitobni yevroda amalga oshirish niyatida. Bu yerda gap fransiyaning Total kompaniyasi, ispaniyaning Cepsa korporatsiyasi hamda "Lukoyl" Litasconing treyding bo‘linmalari va Eron o‘rtasida tuzilgan shartnomalar haqida bormoqda.
Bundan tashqari, Eron sanksiyalar tufayli muzlatib qo‘yilgan – 100 millard AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy aktivlarni ham Yevropa valyutasida qaytarmoqchiligini ma’lum qilgan.