TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Saudiya arabistoni qo‘shinlarini Suriyaga olib kirishi mumkin, dedi Saudiya arabistoni Mudofaa vaziri maslahatchisi Ahmad Asseri.
Uning so‘zlariga qaraganda, Ar-Riyod terrorchilikka qarshi operatsiyada qatnashish uchun o‘z qo‘shinlarini Suriyaga olib kirishga tayor. Buning uchun ularga faqat AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya ruxsat bersa bo‘ldi. Ushbu qaror kelasi hafta Brusselda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida qabul qilinishi mumkin. AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter NATO sammitida Saudiya Arabistoni vakillari bilan ushbu taklifni muhokama qilishini tasdiqladi.
Asseri "Al-Arabiya" telekanalida aytgan xabariga ko‘ra, Yamandagi harbiy operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanishi munosobati bilan saudiya Arabistoni Suriyada hujumga o‘tish uchun bir necha ming askar ajratishi mumkin.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ushbu xabarga izoh berar ekan, o‘zining Facebook ida “So‘rashga uyalayapman-u, lekin Yamanda hammani yengib bo‘ldinglarmi?” deya piching qildi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni Yamanda o‘tgan yilning martidan boshlab quvg‘in prezident Abd Rabbu Mansur Hodi boshchiligidagi qo‘shinlarga harbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Ularga qarshi shiya musulmonlaridan tashkil topgan Xusitlar muxolifati turibdi. Xusitlar, asosan, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.