TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Shimoliy vokzal yaqinida joylashgan Xalqaro pochtamt binosida filialida sodir bo‘lgan yong‘in tun soat 23:00 da boshlanib bir soatdan ortiq davom etgan, deb xabar bermoqda uz24.uz o‘t o‘chirish xizmati xabariga asosalanib.
“Xalqaro pochtamt” 24 soat davomida ishlashi tufayli, yong‘in sodir bo‘lgan paytda u yerda xodimlar bo‘lgan. Yong‘in oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlr bo‘lmagan.
Hozirgi vaqtda ushbu hodisaning sabalari o‘rganilmoqda.