Rossiya MV: Turkiya Suriyaga bostirib kirmoqchi

© AFP 2023 / Burhan OzbiliciTurk armiyasiga tegishli texnika
Turk armiyasiga tegishli texnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Anqarda kimdir Rossiya kuzatuvchilar nazorat parvozini bekor qilingani bilan ular biror nimani yashirishga muvaffaq bo‘ldik, deb hisoblashsa – bu uquvsizlikdir”, - dedi Konashenkov.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Chegara yaqinida sodir bo‘layotgan voqealar Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishga tayorgarlik ko‘rayotganidan xabar beradi, dedi Rossiya Mudofaa vazirlgi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov.

“Turkiya Suriya Arab respublikasi hududiga hujumga tayorgarlik ko‘rayotganini gumon qilishga bizda jiddiy asoslar bor. Turk harbiy qo‘shinlarining yashirin tayorgarlik olib borayotganiga biz tez-tez guvoh bo‘lmoqdamiz”, — dedi Konashenkov jurnalistlarga.    

Oldinroq, Rossiya Mudofaa vazirlgi xalqaro hamjamiyatga Turkiya artilleriyasi Suriyaninga Latakiya viloyati shimolida aholi punktlarini o‘qqa tutayotgani videolavhasini namoyish qilgan edi.

“Odatda, so‘zga chechan Pentagon va NATO hamda ularning go‘yoki “inson huquqlarini himoya qiluvchi" tashkilotlari ham, bizning ko‘p marta ogohlantirishimizga qaramasdan, haligacha jim”, — dedi harbiy muassasa vakili.  

“Anqarda kimdir Rossiya kuzatuvchilar nazorat parvozini bekor qilingani bilan ular biror nimani yashirishga muvaffaq bo‘ldik, deb hisoblashsa – bu uquvsizlikdir”, — dedi Konashenkov.  

Uning so‘zlariga qaraganda Mudofaa vazirligi Yaqin Sharqda barcha razvedka turlarini kuchaytirgan.

Yangiliklar lentasi
0