TOShKENT, 4 fev — Sputnik. “O‘zavtosanoat” korxnasi xabariga ko‘ra, avtomobil zavodi faoliyati to‘xtatilishi vaqtincha holatdir.
“Noto‘g‘ri ma’lumotlar paydo bo‘lishini ildini olish maqsadida, ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatish bu har yilgi profilaktika o‘tkazish masalasi bilan bog‘liq”, — deyilgan kompaniya xabarida.
Keyingi haftadan zavod to‘liq quvvat bilan ishga tushadi.
GM Uzbekistan 2016-yil mayda yangi Chevrolet Aveo modelini ishga ishlab chiqarishni boshlaydi. Yangi T250 platforma asosida yasaladigan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun korxona 104,2 mln dollar investitsiya kiritdi.
Hozirgi kunda korxona 12 xil atvomobil ishlab chiqaradi: besh xil sedan — Nexia, Cobalt, Lacetti, Gentra va Malibu, ikki kichik avtomobil — Matiz va Spark, miniven Orlando, unversal Captiva, mikroavtobus Damas va uning yuk tashishga moslashgan ko‘rinishi Labo.