TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Toshshahartransxizmat AJ xabariga ko‘ra 3 fevraldan boshlab Toshkent ko‘chalarida bepul Wi-Fi xizmati bo‘lgan birinchi avtobuslar paydo bo‘ldi. Bunday xizmat ko‘rsatish imkoni haqida avtobus oynasiga yopishtirilgan nakleykalar xabar bermoqda.
Hozircha bepul Wi-Fi xizmati toshkentda 14-yo‘nalishli avtobusda paydo bo‘lgan. Tarmoqqa ulanish uchun parol talab qilinmaydi. Kompaniya xabariga ko‘ra, yaqin kunlar ichida bepul Wi-Fi xizmati 51, va 28 yo‘nalishlarda paydo bo‘ladi.
Toshshahartransxizmat vakilining so‘zlariga qaraganda, internetga ulanish xizmati 4G LTE tizimi orqari ta’minlanadi, shuning uchun aloqa tezligiancha yuqori. Buni allaqachon foydalanishga ulgurgan facebook a’zolari ham qayd etmoqda.
Toshshahartransxizmat AJ xabariga ko‘ra, yil oxirigacha, shahar avtobuslarining katta qismi bepul Wi-Fi uskunalari bilan jihozlanadi.