TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berishiga ko‘ra, birinchi fevral kuni Suriya harbiy qismlaridan biri joylashgan hududni minomotlardan o‘qqa tutish oqibatida Rossiya ofitseri halok bo‘ldi.
“Rossiya harbiy maslahatchisi mamlakatlar orasida amal qilayotgan harbiy-texnik hamkorlik shartnomasi doirasida Suriya armiyasiga yangi texnikani o‘rgatish uchun yuborilgan edi”, — deyilgan Mudofaa vazirligi xabarida.
Harbiy xizmatchi o‘limidan keyin davlat mukofotiga taqdim etildi.
Suriyada 2011-yildan beri “Islom davlati” va boshqa terrorchi guruhlarga qarshi urush davom etmoqda. BMT xabariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida 220 ming kishi qurbon bo‘lgan. Hukumat qo‘shinlariga turli guruhlarga mansub terrorchilar qarshilik ko‘rsatmoqda. Ular orasida eng faollari “Islom davlati” va Jebhat an-Nusra” terrorchi guruhlaridir.
2015 yilning 30-sentabridan boshlab, Suriya prezidenti Bashar Asar murojaatiga binoan, Rossiya Havo-kosmik kuchlari “Islom davlati” va Jebhat an-Nusra” terrorchi guruhlariga havodan zarbalar berib kelmoqda.