Rossiya Tojikiston uchun yana ming nafar spesnaz tayyorlab beradi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishHarbiy xizmatchilar.
Harbiy xizmatchilar. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya 2016-yilda Tojikiston armiyasi uchun 201 harbiy bazada yana ming nafar kichik mutaxassislarni tayyorlab beradi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov.

 

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya 2016-yilda Tojikiston armiyasi uchun 201 harbiy bazada yana ming nafar kichik mutaxassislarni tayyorlab beradi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov.

Bundan tashqari ayni vaqtda Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy o‘quv dargohlarida 562 nafar harbiy xizmatchilar tayyorgarlik kurslarida bepul tahsil olmoqda, deb qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.

“Bundan buyog‘iga ham harbiy sohada Tojikistonni qo‘llab quvvatlashga tayyormiz. Bizning harakatlarimiz Markaziy Osiyoda tinchlik va osoyishtalik saqlanishiga qaratilgan”, — deb o‘z so‘ziga yakun yasadi Antonov.

Rossiyaning 201 harbiy bazasi eng yirik harbiy birlashma sanaladi. Uning tarkibiga motoo‘qchi, artilleriya, razvedkachi, zenit-raketa va boshqa bo‘linmalar kiradi. Baza muntazam ravishda harbiy tayyorgarlik o‘tkaziladigan Lyaur va Sambuli poligonlariga ega.

 

Yangiliklar lentasi
0