O‘zbekiston Haj delegatsiyasiya Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

Obuna bo‘lish
Safardan maqsad O‘zbekiston fuqarolarining 2016-yilgi Haj safari tashkiliy masalalarini kelishib olishdir.

TOShKENT, 3 fev – Sputnik. Bugun O‘zbekiston Haj delegatsiyasiya Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.  

Delegatsiya a’zolari orasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, O‘MI matbuot kotibi Nuriddinov va Toshkent Islom Univeriteti xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Hasanovlar bor. 

“Bir hafta davom etadigan safar davomida Saudiya Arabistoni podshohligida Haj vaziri Bandar Hajjor bilan uchrashishlari, muborak “Haj — 2016” mavsumini tashkil etishga taalluqli tashkiliy masalalarni kelishib olishlari rejalashtirilgan”, — deyilgan xabarda.

Delegatsiya a’zolari shuningdek, bu yilgi Haj mavsumida hojilarga xizmat ko‘rsatuvchi Umumiy Bosh Muassasa, Transport Uyushmasi, Haj vazirligining Makkai mukarrama va Madinai munavvara filiallari rahbarlari bilan ham uchrashadilar. Safar davomida SAPlik martabali mas’ullar bilan muborak Haj safarini ko‘ngilli o‘tkazishga taalluqli masalalarni muvofiqlashtirib olinadi.

Yangiliklar lentasi
0