AQSh Davlat kotibi “Islom davlati”ni barpo qilganlikda ayblandi

Obuna bo‘lish
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri uchun Rimda o‘tkazilgan matbuot-anjumani noxush hodisa bilan yakun topdi.

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Italiya TIV rahbari Paolo Jentiloni hamda AQSh davlati Bosh kotibi Jon Kerri tomonidan Rimda o‘tkazilgan matbuot-anjumani kichik noxushlik bilan yakun topdi: old qatorda o‘tirgan jurnalist ayollardan biri chiqib ketayotgan vazirlar ketidan “Islom Davlati” terrorchilik uyushmasini aynan ular barpo qilishgani haqidagi ayblovni aytishga ulgurdi.

Kerri va Jentiloni seshanba kuni Rimda “ID”ga qarshi kurashuvchi koalitsiyaning “kichik guruhi” doirasida kengash o‘tkazishgan edi. Uchrashuvda Yevropa Ittifoqiga a’zo 23 mamlakat vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv Italiya va Amerika diplomatlarining hamkorlikdagi matbuot-anjumani bilan yakun topdi.

Matbuot bilan uchrashuv yakunlangach, vazirlar zaldan chiqib keta boshladilar. Shu payt old qatorda o‘tirgan jurnalist ayollardan biri o‘rnidan turib: “ID”ni siz yaratdingiz!”, deb baqirdi.

Ayol shu zahoti Italiya harbiylari — karabinerlar tomonidan qurshab oldi. Zaldagi guvohlarning so‘zlariga qaraganda, italiyalik jurnalist ayol boshida ro‘mol bo‘lgan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0