TOShKENT, 3 fev – Sputnik. Yevrey avtonom viloyati hududidan Xitoyga olib chiqib ketilayotgan 400 kg nefrit va 140 dan ziyod ayiq oyoqlari chegarada Birobidjan bojxona inspektorlari tomonilan topib olindi.
“Amurzet bojxona postida, oldindan olingan xabarga asosan, Xitoyga olib chiqib ketilayotgan 146 ayiq oyoqlari va 400 kg nefrit topib olindi. Chet el korxonasiga qarashli avtomobil ko‘zdan kechirilayotganda, yog‘och mahsulotlari orasida karton qutilar topib olingan. Ularning ichida ayiq oyoqlari va minerallar bo‘lgan”, — deyilgan bojxona xabarida.
Kontrabanda qilinayotgan mahsulot hibsga olinib. Tekshiruv ishlari olib borilmoqda.