TOShKENT, 3 fev — Sputnik. "O‘zbektelekom" respublika internet provayderlari uchun internet trafiki narxini 1-fevraldan boshlab 142 $ Mbit/s miqdorida belgiladi, deyilgan kompaniya saytida.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yil yanvarida internet-provayderlari uchun belgilangan narx 156 $ Mbit/s edi. Internet traffiki narxi ushbu yilda yana bir necha bor pasayishi mumkin. O‘zbektelekom 2015 yil davomida internet xizmatlari narxini 251 $ dan 157 $ gacha kamaytirgan edi.
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda axborot texnologiyalari rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Provayderlar uchun narxlar bir necha bor pasaytirilishiga qaramasdan, aholi uchun o‘rtacha narx boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha yuqori darajada qolmoqda. Internet ishlash tezligi Toshkent shahridan boshqa hududlarda sezilarli darajada past. Shu bilan bir qatorda, traffik hajmi cheklanmagan tariflar soni ham kam.