TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Suriya armiyasi “Islom davlati” terrorchilarini Turkiya bilan bog‘lovchi asosiy yo‘llarini to‘sib olishdi. Xususan, Aleppo bilan Aazaz shahrini bog‘lovchi yo‘l.
“Armiya va bizning jangchilar Mayer-Andan va Aazaz – Aleppo trassalarini to‘sib qo‘yishdi. Shunday qilib, jangarilarning Turkiyadan qurol-aslaha va qo‘shimcha kuch olish yo‘llari uzildi”, — dedi IDga qarshi krushayotgan jangchilardan biri.
Suriya armiyasi jangchilari Aleppo shimoliga hujum boshlagan. Janglar uch yildan beri jangarilar qo‘l ostida bo‘lgan Nubel va az-Zahra shaharlari yaqinida ketmoqda. Retyan shahri ham Suriya artilleriyasi o‘qlari ostida. Retyan terrorchilarning eng kuchli tayanch punktlaridan biridir.