TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Somalida Daallo Airlines kompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyot bortida portlash yuz berdi, hodisa natijasida 2 kishi jarohatlandi, RIA Novosti CNN xabari asosida.
Afrikaning Somali davlati poytaxti Mogadisho aeroportidan parvozga ko‘tarilgan A321 avialayner bortida yuz bergan portlashdan keyin shoshilinch ravishda aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi.
Uncha kuchli bo‘lmagan portlash, samolyot yerdan 4 km balandlikka ko‘tarilganidan keyin sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida samolyot chap yonida teshik paydo bo‘lganiga qaramasdan, uchuvchilar uni qaytib aeroportga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lishgan. Hodisa vaqtida samolyotda 60 kishi bo‘lgan. Baxtli tasodif tufayli hech kim qurbon bo‘lmagan.
Voqea guvohlari samolyot fotosuratini tweeter da joylashtirishgan.
Somalie • Explosion à bord d'un Airbus 321 après le décollage à Mogadishu https://t.co/qF4rrVxB9K pic.twitter.com/l6gzdonYaf
— Denis Therriault (@DenisTherriault) 2 fevralya 2016
Biroz keyinroq samloyot ichida bo‘lgan yo‘lovchilar portlashdan keyingi parvoz videolavhasini yutubda joylashtirishdi.
Samolyot qo‘nganidan keyin mutaxassislar uning ichida portlovchi modda qoldiqlarini topgan. Ushbu terakt kim tomonidan qanday maqsadda amalga oshirilgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.